«Alisa» ovozli yordamchisidan Foydalanish shartlari

1. Umumiy qoidalar

1.1. Yandeks (Yandeks xizmatlari foydalanuvchi kelishuvi da ko'rsatilganidek, quyidagi manzilda joylashgan: https://yandex.uz/legal/rules, keyingi o‘rinlarda — «Yandeks») Internet tarmog‘idan foydalanuvchiga (keyingi o‘rinlarda — Foydalanuvchi) Yandeks yoki uning affillangan shaxslarining boshqa dasturlari, mahsulotlari va/yoki servislari (keyingi o‘rinlarda birgalikda — «Yandeks servislari») tarkibiga kiritilgan «Alisa» ovozli yordamchisi (keyingi o‘rinlarda — ovozli yordamchi, Servis) funksiyalaridan foydalanishni taklif etadi.

Mazkur Shartlarda tavsiflangan ayrim funksiyalardan foydalanish Foydalanuvchi joylashgan hududga qarab cheklanishi mumkin.

1.2. Servisdan foydalangan holda, Foydalanuvchi quyidagi hujjatlar mazkur Shartlarning ajralmas qismi ekanligiga va ularning shartlari Servisdan foydalanishga to‘liq tatbiq etilishiga rozilik bildiradi rozilik bildiradi:

Ovozli yordamchini o‘z tarkibiga olgan Yandeks Servisining asosiy funksiyalaridan, shuningdek, Foydalanuvchining ovozli yordamchi orqali bergan so‘rovi asosida ishga tushirilgan Yandeks Servisidan foydalanish tegishli Yandeks Servisidan Foydalanish shartlari bilan qo‘shimcha ravishda tartibga solinadi.

1.3. Servisdan/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi mazkur Shartlarni, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarning shartlarini to‘liq hajmda, so‘zsiz va hech qanday istisnolarsiz qabul qilgan deb hisoblanadi. Foydalanuvchi ko‘rsatilgan hujjatlarning biror qoidasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Mazkur Shartlar Yandeks tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o‘zgartirilishi mumkin, agar Shartlarning yangi tahririda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Shartlarning yangi tahriri ushbu xatboshida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha Internet tarmog‘iga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartlarning amaldagi tahriri doimo quyidagi manzildagi sahifada joylashgan: https://yandex.ru/legal/alice_termsofuse.

Tegishli hujjatlarning yangi tahriri e’lon qilinganidan va kuchga kirganidan so‘ng Servisdan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining Shartlar va Tartibga soluvchi hujjatlarning kuchga kirgan oxirgi tahririga muvofiq ravishda Servisdan foydalanishga to‘liq va so‘zsiz roziligini anglatadi.

1.5. Agar Yandeks tomonidan mazkur Shartlarga ushbu Shartlarning 1.4-bandida nazarda tutilgan tartibda biror o‘zgartirish kiritilgan va Foydalanuvchi ushbu o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, u Xizmatdan foydalanishni to‘xtatishi shart.

2. Servisdan foydalanish. Servisning alohida funksiyalari

2.1. Servis Foydalanuvchiga boshqa Yandeks Servislari tarkibidagi ovozli yordamchi funksiyalaridan foydalanish, ovozli yordamchi orqali turli ssenariylarni faollashtirish, shu jumladan Yandeks Servislari va uchinchi shaxslarning servislariga murojaat qilish, Foydalanuvchining so‘rovi asosida axborot taqdim etish, aqlli uy qurilmalarini faollashtirish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi. Foydalanuvchi ovozli yordamchining ishlash mexanizmi, uni faollashtirish usullari va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan quyidagi manzilda batafsil tanishishi mumkin: https://yandex.ru/alice/support/assistant.

Servis funksiyalarini bajarish faqat Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Foydalanuvchi mustaqil ravishda o‘z aloqa operatori yoki Internet tarmog‘idan foydalanish provayderining shartlari va tariflari asosida bunday foydalanish xizmatini oladi va unga haq to‘laydi.

Yandeks Servislaridan foydalanganda, Foydalanuvchi tegishli Yandeks Servisidan foydalanish shartlarini qabul qiladi.

2.2. Foydalanuvchi aqlli uy qurilmalari orqali ovozli yordamchidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi bunday qurilmalar uchun yo‘riqnomalar, shuningdek, ularga o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga oid tartibga soluvchi hujjatlar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish majburiyatini oladi, shu jumladan:

  • Ovozli yordamchini Yandeks aqlli kolonkalari va stansiyalari, Yandeks hamkorlarining aqlli kolonkalari orqali sozlash va undan foydalanish Yandeks Stansiyalari va boshqa Alisali kolonkalar uchun dasturiy ta’minotdan foydalanishga Litsenziya bitimi bilan tartibga solinadi (https://yandex.ru/legal/station_license);

  • «YaOS» ga asoslangan SmartTV texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar orqali ovozli yordamchini sozlash va undan foydalanish SmartTV texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar uchun «YaOS» dasturiy ta’minotidan foydalanishga Litsenziya bitimi bilan tartibga solinadi (https://yandex.ru/legal/tv_mobile_agreement_smarttv),

  • Ovozli yordamchini «Alisali uy» ilovasida ulanadigan aqlli uy qurilmalari bilan birgalikda sozlash va ishlatish mobil qurilmalar uchun «Alisali uy» dasturidan foydalanishga Litsenziya bitimi bilan tartibga solinadi (https://yandex.ru/legal/smarthome_mobile_agreement).

Yandeks ovozli yordamchiga beriladigan buyruqlarning aniq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishiga kafolat bermaydi, shuningdek, Foydalanuvchining mulki, qurilmalari holati hamda Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslar tomonidan ovozli yordamchiga berilgan buyruqlarni bajarish jarayonida yuzaga kelgan texnik nosozliklar uchun javobgar emas.

Yandeks uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarning, boshqarishi Servis funksiyalari yordamida amalga oshiriladigan qurilmalarini ishlab chiqarish, sotib olish, ulardan foydalanish, ularning ishlash qobiliyatini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarda ishtirok etmaydi. Yandeks uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilar qurilmalarining xavfsizligiga va ishlash qobiliyatiga, shuningdek, ularning ovozli yordamchiga mosligiga kafolat bermaydi.

Servis funksiyalari yordamida qurilmani ulash va undan foydalanishda, Yandeks quyidagi ma’lumotlarni to‘plashi mumkin: Servisga ulanadigan qurilmalarning identifikatorlari, turlari, nomi, modellari, versiyalari, Foydalanuvchi tomonidan belgilangan sozlamalari (Foydalanuvchi tomonidan qurilmaga berilgan nomi va lokatsiyasi), qurilmalarning holati, Servisdagi qurilmalardan foydalanish statistikasi. Olingan ma’lumotlar Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) shartlariga muvofiq faqatgina Servis funksiyalarining ishlashini ta’minlash maqsadida qayta ishlanadi.

2.3. Ovozli yordamchi tomonidan Foydalanuvchining so‘roviga javob berishni nazarda tutuvchi ssenariylarni ijro etish Yandeks generativ texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Yandeks ovozli yordamchi bergan javoblaridagi ma’lumotlarning aniqligi, relevantligi, to‘g‘riligi uchun javobgar emas. Yandeks Foydalanuvchining so‘roviga biron bir javob berilishiga kafolat bermaydi, jumladan, ovozli yordamchi so‘rovni boshqacha qilib shakllantirishni taklif qilishi mumkin.

Har qanday holatda ham ovozli yordamchining javoblari kimningdir fikri, Yandeksning pozitsiyasi yoki faktlar to‘g‘risidagi da’vo bo‘lmaydi. Ovozli yordamchining javoblari hech qanday holatda qaror qabul qilish yoki biror harakatni amalga oshirishda ko‘rsatma yoki maslahat sifatida baholanishi mumkin emas.

2.4. Servis Foydalanuvchiga uchinchi shaxslarning dasturiy mahsulotlarini (botlar, chatlar) chaqirish va/yoki uchinchi shaxslarning tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – Hamkorlar) bilan o‘zaro aloqasini amalga oshirish uchun ovozli yordamchining maxsus ko‘nikmalarini faollashtirish imkoniyatini taqdim etadi. Ko‘nikmalarning to‘liq ro‘yxati quyidagi saytda e’lon qilingan: https://dialogs.yandex.ru/store.

Foydalanuvchi va Hamkorlar va/yoki ularning dasturiy mahsulotlari bilan o‘zaro aloqasi Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda (Yandeks ishtirokisiz) amalga oshiriladi. Yandeks Foydalanuvchi va Hamkor o‘rtasida o‘rnatiladigan huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi hisoblanmaydi va quyidagilar uchun javobgar emas:

  • Foydalanuvchi va Hamkorlar o‘rtasida amalga oshiriladigan moliyaviy va boshqa har qanday operatsiyalar, shuningdek, Foydalanuvchi tomonidan Hamkorlarning tovarlari/ishlari/xizmatlarini sotib olishning har qanday oqibatlari uchun;

  • har qanday ko‘nikmani belgilash va tavsiflash. Yandeks har qanday ko‘nikma tavsifining qonunchilikka muvofiqligini, to‘g‘riligini va ishonchliligini tasdiqlamaydi va inkor ham etmaydi;

  • Hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning mazmuni, dolzarbligi, qonuniyligi, shu jumladan ular tomonidan taklif etilayotgan tovarlar/ishlar/xizmatlar, ularning haqiqiy mavjudligi, qiymati va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • Hamkorlarning dasturiy mahsulotlari va/yoki tovarlari/ishlari/xizmatlariga murojaat qilishda taqdim etilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarining Hamkorlar tomonidan qayta ishlanishi.

Hamkorlar tomonidan qonunchilik, uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlarini buzishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar joylashtirilganligi va/yoki Hamkorning faoliyati noqonuniy xarakterga ega ekanligi to‘g‘risida asosli taxminlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Foydalanuvchi Yandeks Servisining funksiyalari yordamida shikoyatni yoki https://yandex.ru/support/alice/feedback.html qayta aloqa shakli orqali murojaatni yuborishi mumkin.

Mazkur Shartlar, Shartlarning 1.2-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar qoidalari va Hamkorlarga qo‘yiladigan maxsus talablar buzilishi holatlari aniqlangan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Yandeks qoidabuzarlikni bartaraf etishga qaratilgan choralar va/yoki qoidabuzarga nisbatan ta’sir choralarini, jumladan Hamkorning Xizmatdan foydalanishini cheklashni ham qo‘llashi mumkin.

2.5. Foydalanuvchi maxsus faollashtiruvchi ibora bilan ovozli yordamchiga murojaat qilish orqali Yandeks Servislarining ayrim funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Ko‘rsatilgan ssenariyda funksiyalar bevosita Foydalanuvchi murojaat qilgan servis yoki dasturda taqdim etiladi. Funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq yuzaga keladigan savollar tegishli servis yoki ilovaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuborilishi mumkin.

2.6. Foydalanuvchi ovozli yordamchi funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan Yandeks qurilmalari va dasturlari yordamida xabarni Yandeks stansiyasiga uzatish funksional imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin (keyingi o‘rinlarda ‒ Anonslar funksiyasi). Xabar ovozli yordamchi tomonidan qanday qabul qilingan bo‘lsa, xuddi shunday ‒ o‘zgarmagan holda uzatiladi va u uzatilgan Yandeks stansiyasida ovozlashtiriladi.

Anonslar funksiyasidan foydalanganda, Foydalanuvchi Yandeks stansiyasiga uzatilgan ma’lumotlar tegishli Yandeks stansiyasi joylashgan xonada ovozli yordamchi tomonidan ovoz chiqarib aytilishi mumkinligini tushunadi va bu bilan bog‘liq xavflarni mustaqil ravishda baholaydi.

3. Intellektual mulk

3.1. Umuman Servisning va uning alohida elementlarining dizaynini tashkil etuvchi barcha obyektlarga, hamda Servisning dasturiy ta’minotiga bo‘lgan huquqlar Yandeksga yoki tegishli huquq egalariga tegishlidir.

Servis tarkibiga kiritilgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanish faqatgina Foydalanuvchining shaxsiy, notijorat ehtiyojlari uchun ruxsat etiladi. Yandeks muayyan intellektual mulk obyektlaridan ma’lum bir vaqt davomida foydalana olishga, shuningdek bunday obyektlarning Foydalanuvchi joylashgan hududida mavjudligiga kafolat bermaydi.

Yandeks va (yoki) huquq egalarining mutlaq huquqlarini buzganlik uchun Foydalanuvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.

3.2. Foydalanuvchi Servis tarkibiga kiritilgan intellektual mulkdan sanksiyalanmagan foydalanishdan himoya qiluvchi texnik vositalarni chetlab o‘tishga qaratilgan hech qanday harakatlarni amalga oshirmayotganini va kelajakda ham amalga oshirmasligini kafolatlaydi. Servis tarkibiga kiritilgan intellektual mulkni har qanday ko‘chirish, takrorlash, qayta ishlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish, texnik himoya vositalarini chetlab o‘tish yoki Servis tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar doirasidan tashqarida boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek, ulardan tijorat maqsadlarida har qanday foydalanish Yandeksning oldindan roziligini olmasdan taqiqlanadi.

3.3. Yandeks Shartlarning 2.4-bandiga muvofiq Foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan o‘z dasturiy mahsulotlaridan foydalanishda Servisning Hamkorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan uchinchi shaxslarning mutlaq huquqlarini buzilishi uchun javobgar emas. Yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, Foydalanuvchi Yandeks Servisining funksionali orqali, yoki https://yandex.ru/dev/dialogs/alice/doc/feedback.html sahifadagi qayta aloqa shakli orqali ushbu holatlar haqida xabar berish huquqiga ega.

3.4. Servisdan foydalanish jarayonida tasvirlar, audio materiallar va matnli materiallar (shu jumladan, Servisning maxsus funksiyalari va ko‘nikmalari yordamida generatsiya qilingan) (keyingi o‘rinlarda ‒ Kontent) yaratilishi mumkin.

Foydalanuvchi Servisdan foydalanish jarayonida o‘zi yoki boshqa Foydalanuvchilar tomonidan generatsiya qilingan Kontentdan amaldagi qonunchilik, mazkur Shartlar, talablariga rioya qilgan holda foydalanish huquqiga ega. Agar Yandeks va Foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarda boshqacha tartib belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, Kontent Foydalanuvchi tomonidan faqatgina shaxsiy, notijorat maqsadlarda ishlatilishi mumkin.

Foydalanuvchi, shuningdek, Kontent Yandeks tomonidan istalgan maqsadlarda va o‘z ixtiyoriga ko‘ra har qanday usullarda, shu jumladan, Yandeks algoritmlari va texnologiyalari ishlashini takomillashtirish, Servisda va Yandeksning boshqa servislarida joylashtirish, Servisga, Yandeksning boshqa servislariga va uchinchi shaxslarning mahsulotlari va/yoki xizmatlariga e’tiborni jalb qilish uchun reklama va marketing materiallarida, shuningdek, Yandeksga tegishli bo‘lgan boshqa resurslar, kanallar va sahifalarda, butun dunyo hududida muddat cheklanmagan holda foydalanilishi mumkin bo‘lganligiga rozilik beradi.

4. Cheklovlar

4.1. Servis «qanchalik mavjud» (as is) shartlarida taqdim etiladi. Yandeks Servisning yoki uning alohida funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashiga, Servisning Foydalanuvchining aniq maqsadlari va umidlariga muvofiqligiga hech qanday kafolat bermaydi.

Servis faqatgina Foydalanuvchi tomonidan uy sharoitida cheklangan sondagi odamlar orasida ko‘ngilochar maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, na Foydalanuvchiga na uchinchi shaxslarga hech qanday zarar/ziyon yetkazishni ko‘zlamaydi.

4.2. Voyaga yetmagan shaxsning Servisdan foydalanishiga uning qonuniy vakili mazkur Shartlar bilan tanishib chiqqanidan va ularning qoidalarini o‘z nomidan to‘liq qabul qilganidan so‘ng, qonuniy vakilining xabardorligi bilan hamda uning nazorati ostida ruxsat beriladi. Yandeks voyaga yetmagan shaxsning yosh toifasiga mos kelmaydigan axborot Servisda mavjud emasligiga kafolat bermaydi.

4.3. Servis Foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari Maxfiylik siyosati (https://yandex.uz/legal/confidential) shartlari asosida va mazkur Shartlar qoidalariga muvofiq qayta ishlanadi.

Bu bilan Foydalanuvchi Servisdan foydalanganda Yandeksga avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar uzatilishi haqida xabardor qilinadi: Foydalanuvchi qurilmasining operatsion tizimi turi, Servis funksiyalaridan foydalanish statistikasi (faollashtirilgan ko‘nikmalar haqidagi ma’lumotlar, berilgan buyruqlar), ovozli yozuvlar, Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qidiruv so‘rovlari, shuningdek, boshqa texnik ma’lumotlar.

Ovozli yozuvlar ovozli yordamchi faollashtirilganda unga yo‘naltirilgan Foydalanuvchilarning gaplarini o‘z ichiga oladi. Ushbu yozuvlar so‘ralayotgan buyruqni aniqlash va keyinchalik ovozli yordamchining talab qilingan funksiyasini bajarish maqsadlarida Yandeks (Yandeks xizmatlari foydalanuvchi kelishuvi da ko'rsatilganidek, quyidagi manzilda joylashgan: https://yandex.uz/legal/rules) serverlariga yuboriladi.

Olingan ovozli yozuvlar Servis va uning alohida funksiyalarini tahlil qilish, rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida Yandeks xodimlariga va u tomonidan shartnoma asosida jalb qilinadigan shaxslarga berilishi mumkin. Ovozli xat yozish va Foydalanuvchining kalendariga yozuvlar kiritish ssenariylari bundan mustasno, chunki bu holatlarda olingan yozuvlarni uzatish va ulardan foydalanish ko‘zda tutilmagan. Foydalanuvchi qayd yozuvining shaxsiy kabinetida o‘zining ovozli ma’lumotlaridan foydalanish sozlamalarini o‘rnatishi mumkin.

4.4. Servis faqatgina shaxsiy notijorat maqsadlarda Servis tomonidan taqdim etiladigan texnik imkoniyatlar doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Servisni/uning alohida qismlari va komponentlarini, Servisning Kontentini har qanday ko‘chirish, takrorlash, qayta ishlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish, boshqacha tarzda foydalanish, ovozli yordamchi funksiyalari ishlashini taqlid qilish, Yandeks bilan kelishmasdan uchinchi shaxslarning mahsulotlari va xizmatlarini reklama qilish va ilgari surish uchun ovozli yordamchidan foydalanish, shuningdek, tijorat maqsadlarida boshqacha tarzda foydalanish taqiqlanadi.

Servis, Kontent, jumladan, Matnlar va So‘rovlardan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib ishlaydigan modellarni testdan o‘tkazish yoki o‘rgatish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

4.5. Yandeks tomonidan Servis taqdim etilishi yuzasidan Foydalanuvchi va Yandeks o‘rtasidagi munosabatlarga Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi qo‘llaniladi. Savollar, arizalar yoki e’tirozlar paydo bo‘lgan taqdirda, Foydalanuvchi ular haqida Yandeks Servisining funksional qismi orqali, yoki https://yandex.ru/alice/support/assistant/feedback.html sahifadagi qayta aloqa shakli orqali murojaat yuborish huquqiga ega. Yandeks va Foydalanuvchi o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, masala Yandeks joylashgan hududdagi sudda hal qilinishi mumkin.

Yandex MCHJ, Rossiya Federatsiyasi, Moskva, Lev Tolstoy ko'chasi, 16-uy, indeks 119021

Nashr qilingan sana: 23.09.2025