"Yandex.Maps" dasturidan foydalanish uchun Litsenziya bitimi

Iltimos, dasturni ishlatishdan oldin quyidagi litsenziya bitimi shartlari bilan tanishib chiqing.

Dasturdan har qanday foydalanishingiz ushbu litsenziya bitimi shartlarini to‘liq va shartsiz qabul qilishingizni bildiradi.

Agar siz litsenziya bitimi shartlarini to‘liq qabul qilmasangiz, dasturdan istalgan maqsadlarda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaysiz.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Litsenziya bitimi ("Litsenziya") "Yandex.Maps" dasturidan ("Dastur") foydalanish shartlarini belgilaydi va ushbu dasturdan foydalanuvchi har qanday shaxs ("Foydalanuvchi") hamda ushbu Dasturning mutlaq huquq egasi ("Huquq egasi") bo‘lgan “YANDEX” MCHJ, Rossiya, 119021, Moskva sh., Lev Tolstoy ko‘chasi, 16) o‘rtasida tuzilgan.

1.2. Dasturdan nusxa ko‘chirish, uni qurilmangizga o‘rnatish yoki ushbu Dasturdan har qanday tarzda foydalanish orqali Foydalanuvchi Litsenziyaning barcha shartlariga o‘zining to‘liq va shartsiz roziligini bildiradi.

1.3. Dasturdan foydalanishga faqat ushbu Litsenziya shartlari asosida ruxsat beriladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to‘la hajmda qabul qilmasa, Foydalanuvchi Dasturdan istalgan maqsadlarda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Dasturdan Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan (bajarmagan) holda foydalanish taqiqlanadi.

1.4. Foydalanuvchi tomonidan Dasturdan ushbu Litsenziya shartlari asosida shaxsiy notijorat maqsadlar uchun foydalanish bepul amalga oshiriladi. Dasturdan ushbu Litsenziyada nazarda tutilmagan shartlar va usullarda foydalanish faqat Huquq egasi bilan alohida bitim asosida amalga oshirilishi mumkin.

1.5. Dasturdan foydalanganda, Foydalanuvchi Dasturdan foydalanish shartlariga to‘liq tatbiq etiluvchi quyidagi hujjatlar ushbu Litsenziyaning ajralmas qismlari deb hisoblanishiga roziligini bildiradi:

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar (jumladan ularning har qanday qismlari) Huquq egasi tomonidan bir tomonlama tartibda hech qanday maxsus bildirishnomasiz o‘zgartirilishi mumkin, agar hujjatlarning yangi tahrirlarda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, hujjatlarning yangi tahriri e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

1.6. Mazkur Litsenziyaga va Dasturdan foydalanish bilan bog‘liq barcha munosabatlarga Rossiya Federatsiyasining huquqi qo‘llaniladi va ushbu Litsenziyadan yoki Dasturdan foydalanish oqibatida kelib chiqadigan har qanday talablar yoki da’volar Huquq egasining joylashgan manzili bo‘yicha sudga yuborilishi va u tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

1.7. Huquq egasi ushbu Litsenziyaning rus tilidan boshqa tillarga tarjimasini taqdim etishi mumkin, biroq Litsenziyaning rus tilidagi shartlari va uning tarjimasi o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lsa, Litsenziyaning faqat rus tilidagi versiyasi yuridik kuchga ega bo‘ladi.

2. Dasturga huquqlar

2.1. Dasturga bo‘lgan mutlaq huquq Huquq egasiga tegishli.

3. Litsenziya

3.1. Huquq egasi oddiy (mutlaq bo‘lmagan) litsenziya shartlari bo‘yicha Dasturdan dunyoning barcha mamlakatlari hududida uzatilmaydigan foydalanish huquqini quyidagi tarzda bepul taqdim etadi:

3.1.1. Dasturni uning bevosita funksional maqsadi bo‘yicha qo‘llash, shu maqsadda nusxa ko‘chirish va Foydalanuvchining qurilmas(lar)iga o‘rnatish (takrorlash). Foydalanuvchi Dasturni cheklanmagan sondagi qurilmalarga o‘rnatish huquqiga ega. Qurilmaga o‘rnatilayotganda Dasturning har bir nusxasiga yakka tartibdagi raqam beriladi, u avtomatik tarzda Huquq egasiga yuboriladi.

3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarda (bepul) takrorlash va tarqatish.

4. Cheklovlar

4.1. Ushbu Litsenziyada yoki Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida aniq ko‘rsatilgan miqdorlarda va usullarda foydalanishdan tashqari, Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturda ishlatiladigan algoritmlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, Dasturdan foydalangan holda ko‘paytma hosilalarini yaratish, shuningdek Dasturdan, Dasturning barcha tarkibiy qismlardan, Dastur tomonidan Foydalanuvchining qurilmasida saqlanadigan kartografik materiallardan, boshqa tasvirlardan va boshqa ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanishni amalga oshirish (amalga oshirishga ruxsat berish) uchun mo‘ljallangan Dasturdagi ob’yekt kodini o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, buzish, shifrini ochish va unga nisbatan boshqa harakatlarni bajarish huquqiga ega emas.

4.2. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni tijorat maqsadlarida (shu jumladan, haq evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to‘plamlari tarkibida takrorlash va tarqatish huquqiga ega emas.

4.3. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni olgan shaklidan farqlanuvchi shaklda tarqatish huquqiga ega emas.

4.4. Dastur quyidagi nom ostida foydalanishi (shu jumladan, tarqatilishi) kerak: "Yandex.Maps". Foydalanuvchi Dastur nomini, mualliflik huquqini himoya qilish belgisini (copyright notice) yoki Huquq egasiga boshqa tarzdagi ko‘rsatilishlarni o‘zgartirish va/yoki olib tashlash huquqiga ega emas.

4.5. Foydalanuvchi uchinchi shaxslar dasturlarining funktsional imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan marshrut yoki boshqa parametrlar bilan Dastur ochilishini sutkada besh martadan ko’proq amalga oshirgan holatda, Dastur funktsiyalaridan foydalanish cheklovi va uning sabablari haqidagi tegishli ogohlantirishni Foydalanuvchining ekraniga chiqargan holda cheklov qo’yilgan paytidan boshlab bir sutkaga Dastur funktsiyalaridan foydalanish imkoniyatini cheklash huquqiga ega. Bunday cheklovlarni olib tashlash uchun Foydalanuvchi Huquq egasiga murojaat qilishi kerak, shu jumladan Dasturning tegishli funktsiyasidan foydalangan holda.

5. Dasturning alohida funktsiyalaridan foydalanish shartlari

5.1. Dasturning ayrim funktsiyalarini faqat Internet tarmog‘iga kirish mumkin bo‘lgan hollarda bajarish mumkin. Foydalanuvchi bunday foydalanishni o‘zining aloqa operatori yoki Internet provayderining shartlari va tariflari bo‘yicha mustaqil ravishda oladi va to‘laydi.

5.2. Kartografik materiallar, yoldagi vaziyati haqidagi ma’lumotlar bazasi (avtomobil yo‘llarning bandligi ahvoli), shuningdek Dastur orqali foydalaniladigan intellektual huquqlarning boshqa ob’yektlari (bundan buyon matnda "Ma’lumotlar" deb yuritiladi) ushbu Litsenziyaning 9-bandida ko‘rsatilgan Huquq egasiga va/yoki ularning egalariga tegishlidir, va Dasturning funktsional imkoniyatlari doirasida faqatgina shaxsiy notijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlardan foydalanganda, Foydalanuvchi ushbu Litsenziyaga qo‘shimcha ravishda "Yandex.Maps" xizmatidan foydalanish shartlari (bundan buyon matnda "Shartlar" deb yuritiladi) bilan o‘rnatilgan barcha shartlar va talablarga rioya qilishi kerak. Shunda Ma’lumotlarning har qanday olib chiqarilishi, nusxa ko‘chirilishi, takrorlanishi, qayta ishlanishi, tarqatilishi, Internet tarmog‘ida erkin foydalanish uchun joylashtirilishi (nashr etilishi), Ma’lumotlardan ommaviy axborot vositalarida va/yoki tijorat maqsadlarida foydalanish va ushbu Litsenziya yoki Shartlari bilan yaqqol ruxsat etilmagan foydalanish Huquq egasining oldindan berilgan yozma ruxsatisiz taqiqlanadi.

5.3. Dastur Huquq egasiga yo’l harakati holati to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni to‘plash uchun GPS-qurilmasidan olingan Foydalanuvchining aniq joylashuvi va harakati parametrlari yoki Foydalanuvchining mobil qurilmasida hozirgi paytda ishlatiladigan sim-kartaning aloqa operatorining faol uyasi (sotasi) bo’yicha aniqlangan Foydalanuvchining taxminiy joylashuvi to‘g‘risidagi shaxsi ko’rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek ovozli faollashtirish holatida shaxsi ko’rsatilmagan ovozli yozuvlarni uzatishi haqida Faydalanuvchi ogohlantirildi va rozilik bildiradi.

5.4. Ushbu Litsenziyayaga muvofiq uzatiladigan barcha Dasturdan foydalanish ma’lumotlari Maxfiylik siyosatiga (https://yandex.ru/legal/confidential/) muvofiq saqlanadi va ishlov beriladi.

5.5. Dastur Foydalanuvchiga xaritalarga foydalanuvchi ma’lumotlarni, shu jumladan belgilar, ishoralar, matnli imzolar, xabarlar va boshqalarni mustaqil ravishda va o‘z tanlovi bo‘yicha kiritish uchun funktsional imkoniyatni taqdim etadi (bundan keyin matnda "Foydalanuvchi ob’yektlari" deb yuritiladi). Foydalanuvchi ob’yektlarini tushirish boshlang‘ich Ma’lumotlarni o‘zgartirmaydi va faqat Foydalanuvchi Dasturdan qulay foydalanishi uchun ruxsat etiladi.

Foydalanuvchi Foydalanuvchi ob’yektlarini joylashtirish manzilini tanlash, qo‘shilgan Foydalanuvchi ob’yektlar qonun hujjatlariga muvofiqligi, ularning mazmuni, to‘liqligi, tavsifining to‘g‘riligi va ishonchliligi yuzasidan barcha xavf va mas’uliyatni mustaqil ravishda va to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Huquq egasi har qanday Foydalanuvchi ob’yektining belgilanishi va tavsifi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, har qanday Foydalanuvchi ob’yekti tavsifining qonun hujjatlariga muvofiqligi, to‘g‘riligi va ishonchliligini tasdiqlamaydi va rad etmaydi. Huquq egasi har qanday Foydalanuvchi ob’yektini yoki Foydalanuvchi ob’yektlari majmuini ogohlantirmagan holda va o‘z ixtiyori bilan, agar uning tavsifidagi axborot Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, normaga nomuvofiq leksikani o‘z ichiga olsa, shuningdek Foydalanuvchi ob’yektlarining belgisi va/yoki tavsifi va/yoki Foydalanuvchi ob’yektlariga havolalarni tarqatish ushbu Litsenziyani, Huquq egasining boshqa xizmatlaridan foydalanish qoidalarini yoki ushbu Litsenziyaning 1.5. bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning qoidalarini buzadigan bo‘lsa, shuningdek Huquq egasining, xizmatdan foydalanuvchilarning, boshqa uchinchi shaxslarning manfaatlarinin himoya qilish maqsadida o‘chirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Huquq egasi Foydalanuvchi ob’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qandaydir miqdordagi va/yoki biron bir muddat davomida, shu jumladan Dastur va/yoki "Yandex.Maps" xizmatining rivojlanishi yoki o‘zgarishi oqibatida Ma’lumotlar o‘zgarishi holatlarida xavfsizligini kafolatlamaydi.

5.6. Ob’yekt joylashgan manzili bo‘yicha taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar haqidagi xaritada ko‘rsatilgan ma’lumot Huquq egasining hamkorlari tomonidan taqdim etiladi. Ma’lumot yordamchi xarakteriga ega. Dastur, ko‘rsatilgan narxlarning Huquq egasi ob’yekt joylashgan manzili bo‘yicha mahsulotni sotib olish yoki xizmat ko‘rsatish uchun murojaat qilgan paytida belgilangan haqiqiy narhlarga nisbatan aniqligini, aktualligini va/yoki muvofiqligini kafolatmaydi hamda sotib olingan mahsulotlar/xizmatlarning sifati uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.7. Dastur Foydalanuvchiga xaritalarda Foydalanuvchi ko‘rsatgan jo‘nash nuqtasidan etib borish nuqtasigacha yo‘l variantini ko‘rsatadigan marshrutlarni avtomatik ravishda tuzish uchun funktsional imkoniyatni taqdim etadi (bundan buyon matnda - "Marshrutlar" deb yuritiladi). Marshrutlarni tuzish boshlang‘ich Ma’lumotlarni o‘zgartirmaydi va faqat Foydalanuvchining Dasturdan foydalanishi qulay bo‘lishi uchun yo‘l qo‘yiladi.

Foydalanuvchi Marshrut tanlagani va tanlagan Marshrut bilan yurish uchun barcha xavflar va javobgarlikni mustaqil va to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Huquq egasi Marshrutlarning to‘g‘riligi, qulayligi, aktualligi va/yoki Yo‘l harakati qoidalariga muvofiqligini kafolatlamaydi va Foydalanuvchi tanlagan Marshrut uchun va shu Marshrut bo‘ylab yurish uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.8. Dastur Foydalanuvchiga aniq so‘rovlar bo‘yicha ovozli terish, qisqacha ma’lumotni (tezkor javobni) olish yo‘li bilan qidiruv so‘rovlarni amalga oshirish uchun ovozli faollashtirishdan foydalanishning funktsional imkonini beradi. Ovozli faollashtirishdan foydalanish orqali olingan javoblar ommaviy axborotni indeksatsiya qilish yo‘li bilan avtomatik ravishda yaratiladi. Shu munosabat bilan Huquq egasi ushbu funktsiya orqali Foydalanuvchi tomonidan olingan ma’lumotlarning aniqligi, dolzarbligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.9. Dastur "Yandex.Maps" xizmatining ma’lumotlar bazasida ma’lumoti mavjud bo‘lgan har qanday tashkilotga foydalanuvchining mobil qurilmasiga kiruvchi qo‘ng‘iroqni amalga oshiruvchi abonentning telefon raqami tegishliligi haqidagi ma’lumotni qidirishning funktsional imkonini taqdim etadi. Topilgan ma’lumot kiruvchi qo‘ng‘iroq kelib tushish paytida Foydalanuvchining mobil qurilmasidagi ekranida ko‘rsatiladi. Yandex ko‘rsatilgan funktsiyadan foydalangan holda topilgan ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini kafolatlamaydi. Ko’rsatib o’tilgan funktsional imkoniyatdan foydalanish doirasida Huquq egasiga Foydalanuvchining mobil qurilmasiga kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning telefon raqamlari to‘g‘risida ma’lumot avtomatik ravishda anonim tarzda (Foydalanuvchiga bog‘lanmagan holda) uzatilishi haqida Faydalanuvchi ogohlantirildi va rozilik bildiradi.

5.10. Android, iOS va Symbian uchun Dasturning versiyalari qisman the Independent JPEG Group tomonidan yaratilgan The Independent JPEG Group's JPEG software dasturiga asoslangan.

6. Litsenziya bo‘yicha javobgarlik

6.1. Dastur (shu jumladan Ma’lumotlar) "asl ko‘rinishda" (as is) qoidalari asosida taqdim etiladi. Huquq egasi Dasturning yoki uning ayrim komponentlari va/yoki funktsiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashiga, Dastur Foydalanuvchining aniq maqsadlari va talablariga muvofiqligiga, Ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtidaligiga, shuningdek ushbu Litsenziyada aniq ko‘rsatilmagan boshqa kafolatlarga nisbatan hech qanday kafolat bermaydi.

6.2. Huquq egasi ushbu Dasturdan (shu jumladan Ma’lumotlardan) foydalanish yoki foydalana olmaslik yuzasidan bevosita yoki bilvosita oqibatlari, Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslarga Dastur (shu jumladan Ma’lumotlar) yoki uning alohida komponentlaridan va/yoki funksiyalaridan foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan Dastur ishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar yoki ishdan chiqishlar tufayli kelib chiqqan zarar uchun javobgar emas, qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

6.3. Mobil qurilmada Dasturdan foydalangan paytda Huquq egasiga quyidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda anonim tarzda (Foydalanuvchiga bog‘lanmagan holda) uzatilishi haqida Faydalanuvchi ogohlantirildi va rozilik bildiradi: Foydalanuvchining mobil qurilmasi operatsion tizimi turi, Dasturning versiyasi va identifikatori, Dastur funktsiyalaridan foydalanish bo‘yicha statistik va boshqa texnik ma’lumotlar.

6.4. Dasturdan va Ma’lumotlardan foydalanish/foydalana olmaslik bilan bog‘liq barcha savollar va e’tirozlar, shuningdek Dastur yoki Ma’lumotlar tomonidan qonunchilik va/yoki uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlar qayta aloqa shakli orqali yuborilishi kerak - https://yandex.ru/support/m-maps/troubleshooting/fb_m_map.xml.

7. Dasturning yangilanishlari/yangi versiyalari va uchinchi tomon dasturiy ta’minot

7.1. Ushbu Litsenziya Dasturning barcha kelgusi yangilanishlari/yangi versiyalari uchun amal qiladi. Dasturning yangilanishi/yangi versiyasini o‘rnatishga rozilik berib, Foydalanuvchi ushbu Litsenziya shartlarini Dasturning tegishli yangilanishlari/yangi versiyalari uchun qabul qiladi, agar Dasturning yangi versiyasini yangilash/o‘rnatish uchun boshqa Litsenziya bitimi qo‘llanilmasa.

7.2. Dastur alohida tarkibiy qismlari sifatida uchinchi tomonning dasturiy ta’minotini o‘z ichiga oladi. Dastur tarkibidagi bunday uchinchi tomon dasturlar haqidagi dolzarb ma’lumot quyidagi manzilda mavjud: https://legal.yandex.ru/maps_mobile_agreement/components/

8. Mazkur Litsenziya shartlarini o‘zgartirish

8.1. Ushbu Litsenziya bitimi Huquq egasi tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchi uchun ushbu Litsenziya shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi xabarnoma: https://yandex.ru/legal/maps_mobile_agreement/ sahifada chop etiladi. Litsenziya bitimining shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, agar tegishli chop etishda boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, e’lon qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi.

9. Huquq egalari va axborotga egalik qiluvchilari to‘g‘risida ma’lumot

Huquq egalari va foydalaniladigan axborotga egalik qiluvchilar ro‘yxati bilan quyidagi manzil bo‘yicha tanishishingiz mumkin: https://yandex.ru/legal/right_holders/.

10. Qo‘shimcha ma’lumot

Rossiya Federatsiyasi va Abxaziya Respublikasi, Gruziya, Janubiy Osetiya Respublikasi, Estoniya Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi xalqaro huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Chop etilgan sana: 08.04.2019