Mobil qurilmalar uchun “Yandex Map Editor” dasturidan foydalanishga litsenziya bitimi

Dasturni ishlatishdan oldin, iltimos, quyidagi litsenziya bitimi shartlari bilan tanishib chiqing.

Dasturdan har qanday foydalanishingiz ushbu litsenziya bitimi shartlarini to‘liq va shartsiz qabul qilishingizni bildiradi.

Agar siz litsenziya bitimi shartlarini to‘liq qabul qilmasangiz, dasturdan istalgan maqsadlarda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaysiz.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Litsenziya bitimi (bundan keyingi o‘rinlarda «Litsenziya» deb yuritiladi) mobil qurilmalar uchun « Yandex Map Editor » dasturidan (bundan keyingi o‘rinlarda «Dastur» deb yuritiladi) foydalanish shartlarini belgilaydi va ushbu dasturdan foydalanuvchi har qanday shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda «Foydalanuvchi» deb yuritiladi) hamda ushbu Dasturning mutlaq huquq egasi (bundan keyingi o‘rinlarda «Huquq egasi» deb yuritiladi) bo‘lgan “YANDEX” MCHJ (119021, Moskva, Lev Tolstoy ko‘chasi 16) o‘rtasida tuzilgan.

1.2. Dasturdan nusxa ko‘chirish, uni mobil qurilmaga o‘rnatish yoki ushbu Dasturdanbiron-bir tarzda foydalanish orqali Foydalanuvchi Litsenziyaning barcha shartlarini to‘liq va shartsiz qabul qilishini bildiradi.

1.3. Dasturdan foydalanishga faqat ushbu litsenziya shartlari bo‘yicha ruxsatberiladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to‘la hajmda qabul qilmasa, Foydalanuvchi Dasturdan istalgan maqsadlarda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Dasturdan Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan (bajarmagan) holda foydalanish taqiqlanadi.

1.4. Foydalanuvchi tomonidan Dasturdan ushbu Litsenziya shartlariga binoan shaxsiy notijorat maqsadlar uchun foydalanish bepul amalga oshiriladi. Dasturdan ushbu Litsenziyada nazarda tutilmagan shartlar va usullarda foydalanish faqat Huquq egasi bilan alohida bitim asosida amalga oshirilishi mumkin.

1.5. Dasturdan foydalanish orqali Foydalanuvchi ushbu Litsenziyaning ajralmas qismlari sifatida ushbu dasturdan foydalanish shartlariga to‘liq mos keladigan quyidagi hujjatlarni qabul qiladi:

· Internet saytida "Yandex xizmatlari uchun foydalanuvchi bitimi" https://yandex.uz/legal/rules/ manzilida joylashtirilgan;

· Internet saytida "Yandex qidiruv tizimidan foydalanish uchun litsenziya" https://yandex.uz/legal/termsofuse/ manzilida joylashtirilgan;

· Internet saytida "Maxfiylik siyosati" https://yandex.uz/legal/confidential/ manzilida joylashtirilgan;

· Internet saytida " Yandex Map Editor xizmatidan foydalanish shartlari": https://yandex.uz/legal/pmap_termsofuse/ manzilida joylashtirilgan.

Ko‘rsatilgan hujjatlar (shu jumladan, ularning har qanday qismlari) Huquq egasi tomonidan bir taraflama alohida ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin. Hujjatlarning yangi nashri, agar yangi hujjatlar nashrlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular chop etilgan paytdan kuchga kiradi.

1.6. Mazkur Litsenziyaga va Dasturdan foydalanish bilan bog‘liq barcha munosabatlarga Rossiya Federatsiyasining qonuni qo‘llaniladi va ushbu Litsenziyadan yoki Dasturdan foydalanish oqibatida kelib chiqadigan har qanday talablar yoki da’volar Huquq egasining joylashgan manzili bo‘yicha sudga yuborilishi va u tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

1.7. Huquq egasi ushbu Litsenziyaning rus tilidan boshqa tillarga tarjimasini taqdim etishi mumkin, biroq Litsenziyaning rus tilidagi shartlari va uning tarjimasi o‘rtasida kelishmolvchiliklar bo‘lsa, Litsenziyaning faqat rus tilidagi versiyasi yuridik kuchga ega bo‘ladi.

1.8. Huquq egasi Foydalanuvchilarga axborot xabarlarini yuborish huquqiga ega. Dasturdan foydalanib, Foydalanuvchi shuningdek reklama-axborot xabarlarini qabul qilishga roziligini bildiradi. Foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga tegishli ravishda murojaat qilish yoki qabul qilingan reklama xarakteridagi xabarda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘riqnomalarga rioya qilish yo‘li bilan reklama xarakteridagi xabarlarini qabul qilishdan voz kechish huquqiga ega.

2. Dasturga huquqlar

2.1. Dasturga bo‘lgan mutlaq huquq Huquq egasiga tegishli.

3. Litsenziya

3.1. Huquq egasi oddiy (mutlaq bo‘lmagan) litsenziya shartlari bo‘yicha Dasturdan dunyoning barcha mamlakatlari hududida uzatilmaydigan foydalanish huquqini quyidagi tarzda bepul taqdim etadi:

3.1.1. Dasturni uning bevosita funksional maqsadi bo‘yicha qo‘llash, shu maqsaddanusxa ko‘chirish va Foydalanuvchining mobil qurilmas(lar)iga o‘rnatish (takrorlash). Foydalanuvchi dasturni cheklanmagan sondagi mobil qurilmalarga o‘rnatish huquqiga ega. Mobil qurilmaga o‘rnatilayotganda Dasturning har bir nusxasiga yakka tartibdagi raqam beriladi, u avtomatik tarzda Huquq egasiga yuboriladi.

3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarda (bepul) takrorlash va tarqatish.

4. Cheklovlar

4.1. Ushbu Litsenziyada yoki amaldagi qonunlarda aniq ko‘rsatilgan miqdorlarda va usullarda foydalanishdan tashqari, Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturda ishlatiladigan algoritmlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, Dasturdan foydalangan holda ko‘paytma hosilalarini yaratish, shuningdek Dasturdan boshqa maqsadlarda foydalanishni amalga oshirish (amalga oshirishga ruxsat berish) uchun mo‘ljallangan Dasturdagi ob’ekt kodini o‘zgartirish, dekompilyasiya qilish, buzish, shifrini ochish va unga nisbatan boshqa harakatlarni bajarish huquqiga ega emas.

4.2. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni tijorat maqsadlarida (shu jumladan, haq evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to‘plamlari tarkibida takrorlash va tarqatish huquqiga ega emas.

4.3. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni olgan shaklidan farqlanuvchi shaklda tarqatish huquqiga ega emas.

4.4. Dasturdan foydalanganda quyidagi nom ostida foydalanish (shu jumladan, tarqatish) kerak: " Yandex Map Editor". Foydalanuvchi Dastur nomini o‘zgartirish, mualliflik huquqini himoya qilish belgisini (copyright notice) yoki Huquq egasiga boshqa tarzdagi ko‘rsatilishni o‘zgartirish va/yoki olib tashlash huquqiga ega emas.

5. Dasturning alohida funksiyalaridan foydalanish shartlari

5.1. Dasturning ayrim funksiyalarini faqat Internetdan foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda bajarish mumkin. Foydalanuvchi bunday foydalanishni o‘zining aloqa operatori yoki Internet provayderining shartlari va tariflari bo‘yicha mustaqil ravishda oladi va to‘laydi.

5.2. Dastur funksiyalari foydalanuvchiga video/fotosurat olish va tasvirni Foydalanuvchining qurilmasiga saqlash, shuningdek bunday funksiyalar Foydalanuvchiga aniq tarzda etkazilsa, kontentni - geografik ob’ektlar (binolar, inshootlar, uylar, yo‘llar va h.k.)ning sxematik belgilari va/yoki tavsifini (bundan keyigni o‘rinlarda "Ma’lumotlar" deb yuritiladi) yaratish va/yoki tahrir qilish, Dasturning funksional imkoniyatlarida nazarda tutilgan hamda ushbu Litsenziya qoidalariga va ushbu Litsenziyaning 1.5-bandiga zid bo‘lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi, keyinchalik Ma’lumotlar Internet tarmog‘i orqali Huquq egasi va/yoki unga tegishli shaxslar va/yoki Yandex.Maps xizmatining pudratchilari tomonidan yaxshilash maqsadida Huquq egasiga topshiriladi (https://yandex.uz/maps).

5.3. Foydalanuvchida Dastur doirasida saqlangan Ma’lumotlar, shu jumladan tasvirlar, video yozuvlar va boshqalar Huquq egasi tomonidan Huquq egasining kompyuteridagi boshqa xizmatlar, resurslar va dasturlarda, Huquq egasining Internet tarmog‘idagi resurslarida joylashtirilgan reklama yoki marketing materiallarida, shuningdek Huquq egasining Dasturiga yoki boshqa xizmatlari, resurslari va kompyuter dasturlariga, tovarlar, ishlar va uchinchi shaxslar xizmatlariga o‘zga foydalanuvchilar e’tiborini jalb qilish uchun Internetdagi boshqa resurslar va saytlarda qo‘llanilishi mumkin, bunda Ma’lumot muallifi ko‘rsatiladi (muallifning nomi sifatida Foydalanuvchining ro‘yxatga kiritilgan vaqtdagi yoki Dasturning tegishli qismida uning ma’lumotlari sozlamalarida ko‘rsatilgan nomi (logini, taxallusi) ko‘rsatiladi) yoki ko‘rsatilmaydi, Foydalanuvchi tomonidan maxsus ruxsat olish talab qilinmaydi va mualliflik mukofoti to‘lanmaydi, shuningdek hudud va vaqtga cheklovlar belgilanmaydi. Huquq egasi ushbu bandda ko‘rsatilgan huquqlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazish huquqiga ega. Bunda, Foydalanuvchi Huquq egasining bunday ma’lumotlarni ishlatish va/yoki ko‘rishga majbur emasligini tan oladi va tasdiqlaydi, ulardan belgilangan maqsadlar uchun belgilangan usullarda foydalanish avtomatik ravishda dasturiy ta’minot orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar Foydalanuvchi Huquq egasiga kandaydir ma’lumotlardan shu tarzda foydalanish huquqini berishga haqli bo‘lmasa, u bunday ma’lumotlarni Huquq egasiga topshirishdan saqlanishi kerak.

5.4. Foydalanuvchi Huquq egasiga foydalanish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslardan, vakolatli organlardan alohida ruxsat talab etiladigan yoki uzatish Rossiya Federatsiyasining qonunlari bilan taqiqlangan Ma’lumotlarni berishga haqli emas.

Foydalanuvchiga mustaqil va to‘liq ravishda Ma’lumotlarning qonunga, mazmuniga, to‘liqligiga, to‘g‘riligiga va aniqligiga muvofiqligi yuzasidan barcha xavflar uchun javobgarlik yuklatiladi. Huquq egasi ogohlantirishsiz va o‘z ixtiyori bilan biron-bir ma’lumotni yo‘q qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi, jumladan, agar Ma’lumotlar amaldagi qonunga zid bo‘lsa, odobsiz materiallardan iborat bo‘lsa, shuningdek Ma’lumotlar Litsenziyani yoki ushbu Litsenziyaning 1.5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar qoidalarini buzgan boshqa holatlarda, shu jumladan Huquq egasi, uning xizmatlari foydalanuvchilari, boshqa uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida. Huquq egasi Ma’lumotlarning qandaydir hajmda va/yoki ma’lum muddat mobaynida saqlanishiga kafolat bermaydi.

5.5. Dasturning barcha yoki ayrim funksiyalariga kirish uchun Yandex xizmatlaridan foydalanish bitimi shartlariga muvofiq Yandex xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tish kerak (https://yandex.uz/legal/rules/).

6. Litsenziya bo‘yicha javobgarlik

6.1. Dastur "asl ko'rinishda" (as is) qoidalari asosida taqdim etiladi. Huquq egasi Dasturning yoki uning ayrim komponentlari va/yoki funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashiga, Dastur Foydalanuvchining aniq maqsadlari va talablariga muvofiqligiga, shuningdek ushbu Litsenziyada aniq ko‘rsatilmagan boshqa kafolatlarga nisbatan hech qanday kafolat bermaydi.

6.2. Huquq egasi ushbu Dasturdan foydalanish yoki foydalana olmaslik yuzasidan bevosita yoki bilvosita oqibatlari, Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslarga Dastur yoki uning alohida komponentlaridan va/yoki funksiyalaridan foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan Dastur ishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar yoki ishdan chiqishlar tufayli kelib chiqqan zarar uchun javobgar emas, qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

6.3. Foydalanuvchi ushbu Dasturdan foydalanganda Huquq egasiga quyidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda uzatilishi haqida xabardor va rozilik berdi: Foydalanuvchining mobil qurilmasi operatsion tizimi turi, Dasturning versiyasi va identifikatori, Foydalanuvchining joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumot, Dastur funksiyalaridan foydalanish bo‘yicha statistik va boshqa texnik ma’lumotlar.

6.4. Dasturdan foydalanish/foydalana olmaslik bilan bog‘liq barcha savollar va e’tirozlar, shuningdek Dastur tomonidan qonunlar va/yoki uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlar qayta aloqa shakli orqali yuborilishi kerak https://yandex.ru/support/nmaps-app/troubleshooting/fb_nmaps_1.html.

7. Dasturning Yangilanishlari/Yangi versiyalari

7.1. Ushbu Litsenziyaning amal qilishi Dasturning kelgusi Yangilanishlari/Yangi versiyalarini qamrab oladi. Dasturning Yangilanishi/Yangi versiyasini o‘rnatishga rozilik berib, Foydalanuvchi ushbu Litsenziya shartlarini Dasturning tegishli Yangilanishlari/Yangi versiyalari uchun qabul qiladi, agar Dasturning Yangi versiyasini Yangilash/o‘rnatish uchun boshqa litsenziya bitimi qo‘llanilmasa.

8. Mazkur Litsenziya shartlarini o‘zgartirish

8.1. Ushbu Litsenziya bitimi Huquq egasi tomonidan bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchi uchun ushbu Litsenziya shartlariga o‘zgartirishlar haqida xabarnoma https://yandex.uz/legal/nmaps_mobile_agreement/ sahifasida chop etiladi. Litsenziya bitimining shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, agar tegishli chop etishda boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, e’lon qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi.