“Professional foydalanuvchi kartasi” servisidan foydalanish shartlari

1. Umumiy qoidalar

1.1.Quyida 4-bo‘limda ko‘rsatilgan va o‘z faoliyatini Yandex Go brendlari ostida amalga oshiruvchi kompaniya (keyingi o‘rinlarda “Kompaniya” deb yuritiladi) amaldagi qonun hujjatllariga (1) muvofiq tegishli huquqlarga ega bo‘lgan barcha muomalaga layoqatli shaxslarni taksi haydash va (yoki) taksi haydovchisi sifatida ishlash; yoki (2) tovarlar yoxud oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va/yoki tovarlar yoxud oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi sifatida ishlash (keyingi o'rinlarda “Foydalanuvchi”) va taksi xizmatlari, yetkazib berish xizmatlari yoki Kompaniya (keyingi o'rinlarda “Servis”) uchun professional foydalanuvchi kartasini yaratish uchun veb-servisdan foydalanishni taklif qiladi. Taksi xizmati yoki yetkazib berish xizmati (keyingi o‘rinlarda “Kompaniyaning hamkor(lar)i” deb yuritiladi) Kompaniya servislaridan foydalanish bo‘yicha Kompaniya bilan shartnoma tuzgan (yoki tuzadigan) Kompaniyaning hamkorini bildiradi.

1.2.Kompaniya veb-saytida (Kompaniyaga tegishli va/yoki Kompaniya boshqaradigan veb-sayt) yoki mobil ilovada (Kompaniyaga tegishli va/yoki u boshqaradigan yoki Kompaniya tomonidan litsenziyalangan dasturiy ta'minot) joylashgan elektron shaklni to'ldirib va "Yuborish" tugmasini yoki shunga o'xshash tugmani bosib yoki tegishli katakchani belgilab, Foydalanuvchi ushbu Foydalanish shartlarini qabul qiladi.

1.3.Ushbu Foydalanish shartlarini qabul qilgan holda, Foydalanuvchi 1.1-bandda ko'rsatilgan talablarga muvofiq ekanligni tasdiqlaydi va kafolatlaydi.

2. Servisdan foydalanish. Servisning aniq funksiyalari

2.1.Servis Foydalanuvchiga Kompaniya tizimida Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamini (keyingi o‘rinlarda “Professional foydalanuvchi kartasi” deb yuritiladi) bepul yaratish va Kompaniya hamkorlariga Professional foydalanuvchi kartasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etishni taklif qiladi.

2.2.1.2-bandda ko'rsatilgan shaklni to'ldirgandan va yuborgandan keyin, Kompaniya, uning affillangan shaxsi, Kompaniyaning xodimi yoki Kompaniya (yoki uning affillangan shaxsi) nomidan yoki uning toppshirig‘iga ko‘ra ish yurituvchi shaxs (xodim yoki yuridik shaxs vakili), ma'lumotlarni aniqlashtirish, tuzatish yoki professional foydalanuvchi kartasiga qo'shish uchun Foydalanuvchi bilan bog'lanishi mumkin. Buni avtomatlashtirilgan tizimlar va chat-botlar yordamida har qanday aloqa vositalari, shu jumladan, messenjerlar orqali ham amalga oshirish mumkin.

Ushbu qoida ushbu Foydalanish shartlari bo'yicha Kompaniyaning majburiyati bo‘lib hisoblanmaydi.

2.3.Professional foydalanuvchi kartasi Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar va axborot bilan shakllantiriladi va agar Kompaniyaning yoki Kompaniya hamkorining Foydalanuvchi bilan shartnoma yoki boshqa huquqiy munosabatlari mavjud bo'lgan bo‘lsa, Kompaniya yoki Kompaniya hamkorlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar bilan to'ldirilishi mumkin.

2.4.Agar foydalanuvchi to'liq bo'lmagan, yanglishtiruvchi yoki noaniq ma'lumotlarni taqdim etsa yoki Foydalanuvchi bunday ma'lumotlarning aniqligi to'g'risida tasdiqni taqdim etmasa va boshqa har qanday asoslarga ko'ra, Foydalanuvchiga o‘zining bunday xatti-harakatlarning sabablarini qandaydir tushuntirish majburiyatisiz Kompaniya Professional foydalanuvchi kartasini yaratishni rad etishga yoki har qanday Professional foydalanuvchi kartasini o'chirishga haqli.

2.5.Professional foydalanuvchi kartasini Servis algoritmlariga bog‘liq ravishda Kompaniyaning barcha yoki ayrim Hamkorlari ko‘rishlari mumkin. Agar Kompaniyaning qandaydir Hamkori Foydalanuvchidan taksi haydovchisi yoki oziq-ovqat yetkazib beruvchi sifatida manfaatdor bo‘lsa, u shartlarni muhokama qilish va Foydalanuvchi bilan shartnoma tuzish uchun Professional foydalanuvchi kartasida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari bo‘yicha Foydalanuvchi bilan bog‘lanishi mumkin. Kompaniya bunday shartnomaning tarafi yoki tashabbuskori bo‘lib hisoblanmaydi va bunday shartnomaning biron bir tomonining vakili bo‘lib hisoblanmaydi. Kompaniya Kompaniyaning Hamkori Foydalanuvchiga bunday shartnomani taklif qilishiga kafolat bermaydi.

2.6. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlaydi, xususan, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini ushbu Foydalanish shartlariga muvofiq ravishda Foydalanuvchiga Servisni qonuniy asoslarda taqdim etish maqsadida Kompaniyaning Hamkorlariga va Kompaniyaning pudratchilariga yoki xizmat yetkazib beruvchilarga topshiradi va (yoki) taqdim etadi. Agar rozilik Foydalanuvchi Servisdan foydalanadigan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun yagona qonuniy asos bo'lib hisoblansa, u holda Foydalanuvchi Kompaniyaga bunday ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini, shu jumladan ko‘rsatilgan maqsadlar uchun Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslardan olishiga roziligini beradi.

3. Kafolatlarning yo'qligi, javobgarlikning cheklanganligi

3.1.Kompaniya Servisning Foydalanuvchining kutganlari va maqsadlariga muvofiq bo‘lishiga, shuningdek, uning xatosiz va uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi.

3.2.Kompaniya Servisdan foydalanish yoki unga kira olmaslik natijasida Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslar ko‘rgan hech qanday to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zarar uchun javobgar bo‘lmaydi va ularni qoplamaydi.

3.3.Foydalanuvchi Kompaniya Hamkori va Foydalanuvchilar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni Kompaniya nazorat qilmasligini va ularga hech qanday ta'sir o‘tkazmasligini tushunadi va bunga rozi bo'ladi. Kompaniyaning Hamkorlari tomonidan Foydalanuvchiga qilinadigan har qanday takliflar Servisning bir qismi bo‘lib hisoblanmaydi va faqat Foydalanuvchi bilan Kompaniya Hamkori o'rtasidagi ishbilarmonlik munosabatlari doirasida ishlov berilishi kerak.

3.4.Shubhalarga yo'l qo'ymaslik uchun Servisdan foydalanish Foydalanuvchiga taksi haydovchisi yoki tovarlar yoxud oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi sifatida harakat qilish vakolatini bermaydi. Shu sababli, Foydalanuvchi Kompaniyaning hamkori bilan shartnoma tuzmaguncha yoki boshqa huquqiy munosabatlarni o‘rnatmaguncha yoxud boshqa yo‘l bilan taksi haydovchisi sifatida yoki tovarlar yoxud oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi sifatida harakat qilish bo‘yicha qonuniy huquqlarga ega bo‘lmaguncha, Foydalanuvchining Kompaniya veb-servislari yoki mobil ilovalaridan shunday maqomda foydalanishi taqiqlanadi.

4. Kompaniyalar haqida ma’lumotlar

Brend Mamlakat Kompaniya Manzil
Yandex Go Belarus “Uber ML B.V.” Sxipxol bulvari 291, 1118 BH, Sxipxol, Niderlandiya
Armaniston

«Yandex.Taxi AM» LLC

49 Arshakunyats, #22, 0026, Yerevan, Republic of Armenia
Qirg‘iziston Yandex.Taxi Corp LLС 58A Erkindik Boulevard, 720040, Bishkek, Kyrgyz Republic
Serbiya RideTechnology Global FZ-LLC 104A, First floor, Bld. 12, Dubai Internet City, Emirate of Dubai, the UAE
Moldova “Yandex.Taxi B.V.” Sxipxol bulvari 291, 1118 BH, Sxipxol, Niderlandiya
Latviya
Litva
O'zbekiston
Estoniya
Gruziya
Qozog‘iston “Yandex.Taxi Corp” MChJ Qozogʻiston Respublikasi, 50040, Olmaota, Boʻstondiq tumani, Timiryazev koʻch., 28v-uy, 6-qavat