- Sozlamalarni qayerdan topish mumkin?
- Yandex Brauzer boshlangʻich sahifasi
- Kontekst menyusining koʻrinishini qanday oʻzgartirish mumkin?
- Brauzer sozlamalari asliga qaytarilganida nima bo‘ladi?
- Vazifalar paneliga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?
- Boshlash menyusidagi birlamchi ekranga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?
- Linux platformasida standart oyna shaklini qanday qaytarish mumkin
- Fon rejimi nimaga kerak?
- Bildirishnomalar katagidagi Brauzer belgisini qanday oʻchirish mumkin?
- «Yandex» tugmasi qanday olib tashlanadi
- Kerakli sozlamalar mavjud emas
|
macOS foydalanuvchilariga MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz. MacOS uchun brauzer asosiy versiya Yordam sahifasida tavsiflangan. |
Brauzer sozlamalari haqida savol-javoblar
Sozlamalarni qayerdan topish mumkin?
Yuqori oʻng burchakda → Sozlamalar tugmasini bosing.
Kerakli sozlamaga tezda oʻtish uchun uning nomini sahifaning yuqori chap burchagidagi qidiruv katagiga kiriting.
Brauzer interfeysi haqida batafsil Brauzer va yangi varaq koʻrinishi maqolasida.
Yandex Brauzer boshlangʻich sahifasi
Birlamchi (bosh) sahifa oʻrniga, Yandex Brauzer beta versiyasi ishga tushganida yoki eng koʻp kirilgan sahifalardan iborat Тablо yoki oldin ochilgan varaqlar va guruhlarni aks ettiradi. Odatda varaqlar va guruhlar ochiladi.
Tabloni ochish
-
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
-
Varaqlar va guruhlar ruknida Ishga tushganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar ro‘yxatini tiklash bandini yoqing.
Eski varaqlar bilan birga yangisini ochish
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
- Varaqlar va guruhlar boʻlimida Yana yangi varaq ochish parametrini yoqing.
Yandexni asosiy sahifa etib belgilash
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
- Quyidagi parametrlarni yoqing:
- Ishga tushirilganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar roʻyxatini tiklash
- Agar varaqlar boʻlmasa, ya.ru sahifasini ochish
Tezkor kirish uchun varaqni ekranning yuqori chap burchagiga qadashingiz mumkin:
- Varaqni oʻng tugma bilan bosing.
- Kontekst menyusidan Varaqni mahkamlash parametrini tanlang.
Kontekst menyusining koʻrinishini qanday oʻzgartirish mumkin?
Sayt sahifasida matnni belgilaganingizda, Brauzer sizga belgilangan qism bilan ishlash uchun kontekst menyuni koʻrsatadi. Masalan, siz matnni nusxalashingiz, unga ovoz berishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Kontekst menyu tugmali kichik panel ko‘rinishida yoki buyruqlarning matnli roʻyxati shaklida boʻlishi mumkin.
Vositalar paneli
Uskunalar paneli belgilangan parchani nusxalash, uni Yandexda topish, tarjima qilish, chop etish, ovoz berish va boshqalarga yordam beradi. Butun vositalar roʻyxatini ochish uchun tugmasini bosing.

Vositalar panelini faolsizlantirish:
-
→ Sozlamalar → Vositalar tugmasini bosing.
-
Mavzuli menyu boʻlimida Matn tanlanganda vositaalar panelini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.
Buyruqlarning matnli roʻyxati
Matn parchasida sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganda paydo boʻladigan kontekst menyudan foydalanishingiz mumkin. Bu yerda buyruqlar roʻyxati vositalar panelidagga qaraganda biroz kengroq, masalan, sahifa boʻylab matnni qidirish mumkin. Kontekst menyuni faolsizlantirish imkonsiz, lekin ixchamroq qilish mumkin:
-
→ Sozlamalar → Vositalar tugmasini bosing.
-
Kontekst menyusi boʻlimida Ixcham menyudan foydalanish parametrini yoqing.
Shundan keyin buyruqlarning bir qismi Qoʻshimcha boʻlimiga oʻtadi.
Brauzer sozlamalari asliga qaytarilganida nima bo‘ladi?
Brauzer sozlamalarini tashlash natijasida standart holatda sozlamalar tiklanadi:
- Tabloda — standart piktogrammalar;
- Aqlli satrda — birlamchi qidiruv tizimi;
- barcha Brauzer kengaytmalari oʻchirilgan;
- siz biriktirgan varaqlar olib tashlandi;
- cookies va saytlarning boshqa vaqtinchalik maʼlumotlari oʻchirib tashlandi.
Brauzer sozlamalarini tiklash uchun:
-
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
-
Sozlamalarni tozalash ustiga bosing.
-
Sozlamalarni tiklashni tasdiqlang.
Vazifalar paneliga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?
Ishga tushirish menyusidan yoki ish stolidan
- Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan Brauzer yorlig‘ini bosing (ish stoli yoki Ishga tushirish menyusida).
- Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.
Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.
Vazifalar panelidan
- Brauzerni oching.
- Vazifalar panelidagi Brauzer belgisini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
- Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.
Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.
Boshlash menyusidagi birlamchi ekranga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?
- Brauzer yorlig‘ini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
- Birlamchi ekranga qadash bandini tanlang.
Birlamchi ekrandan olib tashlash bandi yordamida amalni bekor qilishingiz mumkin.
Linux platformasida standart oyna shaklini qanday qaytarish mumkin
Standart holatda Brauzer Linux platformasida tizim hoshiyasidan foydalanmaydi va boshqaruv elementlarini almashtiradi. Agar standart oyna shaklini va Linux elementlar boshqaruvini qaytarishni istasangiz:
- Aqlli qatorga
browser://flagsmanzilini kiriting - Qidiruv qatoriga
#enable-system-framebayrogʻini kiriting - System window controls parametrini yoqing.
- Brauzerni qayta ishga tushiring va natijani tekshiring.
Diqqat
Bo sozlama tajriba uchun tatbiq etilgan boʻlib, uni yoqqaningizdan keyin Brauzer ishida muammolar kuzatilishi mumkin. Bunday holda parametrni faolsizlantiring va bizga shakl orqali yozing.
Fon rejimi nimaga kerak?
Sharh
MacOS tizimida fon rejimi ishlamaydi.
Fon rejimida Brauzer funksiyalaridan bir qismi u yopilgandan keyin ham ishlaydi va kompyuter yoqilganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Yopiq holatdagi Brauzer belgisi Windows xabarnomalari panelida koʻrinadi.
Fon rejimidagi Brauzer ishining afzalliklari:
- antivirus bazalari tez-tez yangilanadi;
- ishga tushirilganda Brauzer tezroq ochiladi (bu koʻp varaqlar ochilganda muhim);
- saytlardan bildirishnomalar keladi;
- fon kengaytmalari (proksi kengaytmalari kabi) ishlaydi.
Sharh
Fon rejimida ishlayotganda Brauzer foydalanuvchining harakatlarini kuzatmaydi. Lekin kompyuter resurslarini kam sarflaydi.
Fon rejimini sozlash
-
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
-
Fon rejimi boʻlimida fon rejimini sozlash uchun ikkita variant mavjud:
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish;
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish.
U yoki bu parametrning yoqilishiga qarab, Brauzer fon rejimida turlicha ishlaydi.
Fon rejimi variantlari
|
Fon rejimi parametrlari |
Brauzer xatti-harakati |
|
|
1 |
|
Fon rejimida push-bildirishnomalar, fon kengaytmalari va yangilanishlar ishlaydi, Brauzer tezroq ishga tushadi va treyda uning belgisi aks etadi. |
|
2 |
|
|
|
3 |
|
Fon rejimi minimal resurs sarflaydi va faqat Brauzerni ishga tushirishni tezlashtirish uchun ishlatiladi. |
|
4 |
|
Brauzer fonda ishlamayapti. |
Brauzer ishlashi uchun optimal rejim - ikkala yoqilgan parametr.
Bildirishnomalar katagidagi Brauzer belgisini qanday oʻchirish mumkin?
Agar siz Brauzerni yopsangiz, lekin uning belgisi bildirishnomalar panelida qolsa, Brauzer fon rejimida ishlaydi. Brauzerning barcha jarayonlarini yakunlash uchun sichqonchaning oʻng tomoni bilan bildirishnomalar paneliga bosing va Brauzerni yopishni tanlang.
Brauzer fonda ishlashini taqiqlash uchun:
-
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
-
Fon rejimi boʻlimida parametrlarni faolsizlantiring:
- Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
- Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
«Yandex» tugmasi qanday olib tashlanadi
Tugma chap tomondagi Aqlli satrda joylashgan. Uni olib tashlash uchun:
- Brauzer oynasining yuqori oʻng burchagidagi
→ Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
- Umumiy boʻlimida «Yandex» tugmasini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.
Kerakli sozlamalar mavjud emas
Agar baʼzi sozlamalarni koʻrmasangiz yoki ularni oʻzgartira olmasangiz, katta ehtimol bilan siz Tashkilotlar uchun Yandex Brauzerdan foydalanyapsiz va cheklovlar guruh siyosatlari tomonidan oʻrnatilgan.
Sozlamalarga oʻzgartirish kiritish uchun tizim administratoriga murojaat qiling.
Agar Tashkilotlar uchun brauzerdan adashib foydalanayotgan boʻlsangiz, Brauzerning oddiy versiyasini oʻrnating.
Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish