Yandex Brauzer o‘zining shaxsiy, keng qamrovli, yuklab olinadigan fayllar viruslarini tekshirish, virusli va soxta saytlarni bloklash, zararli reklamalarni bloklash, shuningdek, foydalanuvchi parollarini, to‘lov kartalarini va brauzer sozlamalarini himoya qilishni o‘z ichiga oladigan Protect xavfsizlik tizimidan foydalanadi.
Brauzerdagi viruslardan himoya mexanizmi
Brauzer barcha bajariladigan va arxiv fayllarini virus borligiga tekshiradi, zararli dasturlarni tarqatadigan sahifalarni bloklaydi.
Brauzerda bevosita ushbu imkoniyatmavjud emas. Lekin, siz Yandex Qidiruvi sozlamarida kattalar uchun sahifalarni filtrlash parametrini yoqishingiz mumkin.
Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.
JavaScript bo‘limida Taqiqlangan bandini yoqing.
Soat xatosini tuzatish
Xavfsiz ulanishni kafolatlaydigan saytlarning Sertifikatlari cheklangan muddatga ega. Agar sertifikat muddati tugagan bo‘lsa, ma’lumotlarni saytga jo‘natish xavfsiz emas. Shuning uchun Brauzer sertifikati muddati o‘tgan saytlarni bloklaydi.
Ammo, agar kompyuteringizda vaqt noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, Brauzer saytning haqiqiy sertifikatini aniqlay olmaydi. Shuning uchun saytni ochganda siz “Sizning soatingiz oldinda” yoki “Sizning soatingiz orqada” xabarini ko‘rasiz.
Sayt bilan ishlashni davom ettirish uchun Sana va vaqtni yangilash tugmasini bosing. Ochilgan tizim sozlamalarida to‘g‘ri sana va vaqtni o‘rnating, keyin brauzerda sahifani yangilang.