O‘rnatish va sozlash
Ilovani o‘rnatish
Ilovani rasmiy manbadan yuklab oling:
Ilovani sozlash
Sozlamalarni oching, ilovaning yuqori oʻng burchagida joylashgan belgisini bosing. Kerakli parametrlarni tanlang.
|
1 — oflayn tarjima uchun til paketini yuklab olish; 2 — kiritmani tasdiqlash uchun qatorni oʻtkazish tugmasidan foydalanish 3 — safari brauzeridagi kengaytma yordamida saytlar tarjimasi uchun tilni tanlash |
Dasturni yopish paytida oʻzgarishlar saqlanishi uchun Yandex ID orqali kiring:
- Kirish tugmasini bosing.
- Roʻyxatdan hisobni tanlang yoki yangisini qoʻshing.
- Parolni kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
Yandex hisobi haqida batafsil axborot Yandex ID yordam xizmatining Hisobni registratsiya qilish va Kirishni tiklash boʻlimlarida.
Tezkor buyruqlarni sozlash
iOS qurilmalarda Siri ovozli yordamchisi uchun tezkor buyruqlar mavjud. Tezkor buyruqlar yordamida siz ilova funksiyalarini bevosita faollashtirishingiz mumkin. Buning uchun Siri yordamchisidan muayyan harakatni bajarashni soʻrang.
Yandex Tarjimon uchun tayyor buyruqlardan foydalaning:
- “Dialog rejimini ochish” buyrugʻi suhbatdosh bilan suhbatni tarjima qilishga xizmat qiladi.
- “Fototarjimani ochish” buyrugʻi rasmdagi matnni tarjima qilishga xizmat qiladi.
- “Ovozli matn kiritishni ochish” buyrugʻi tarjima qilinadigan matnni ovoz chiqarib aytishga xizmat qiladi.
- “Nusxa olingan matnni tarjima qilish” buyrugʻi buferdagi matnni tarjima qilishga xizmat qiladi.
- “Termalarni ochish” buyrugʻi soʻzlar termasiga kirishga xizmat qiladi.
- “Soʻzlarni yodlash” buyrugʻi Saralanganlar termasidagi soʻzlarni ochishga xizmat qiladi.
iOS qurilmalarda, shuningdek, matnlarni ham tezkor buyruqlar bilan tarjima qilish mumkin. Shunchaki Siri yordamchisiga “matnni tarjima qilish” buyrugʻini bering, matnni ovoz chiqarib oʻqing va tarjima tilini ayting.
Siz ushbu buyruqlarni sozlashingiz yoki tizim ilovasida shaxsiy buyruqlarni yaratishingiz mumkin. Buyruqlarni ishlatish va yaratish haqida batafsil axborot olish uchun Apple saytidagi “Tezkor buyruqlardan foydalanish qoʻllanmasi” bilan tanishing.