Matnni tarjima qilish

Yandex Tarjimon alohida soʻzlar va iboralarni, veb-saytlardan va mobil ilovalardan olingan matnlarni tarjima qilishga yordam beradi.

Kiritish usullari

Matnni tarjima qilish uchun matn kiritish maydonchasiga tarjima qilinadigan soʻz yoki jumlani kiriting. Matnni bir nechta usulda kiritish mumkin:

Klaviatura orqali

Qurilma sozlamalarida kerakli tillardagi klaviaturalarni kiriting. Agar kerakli klaviatura mavjud boʻlmasa, uni AppStore doʻkonlaridan yuklab oling. Matn kiritishni boshlashingiz bilan xizmat tilni aniqlaydi va soʻz variantlarini taklif etadi. Birinchi so‘z kiritilgach, ekranda uning tarjimasi aks etadi.

Ovoz orqali

Sharh

Funksiyadan onlayn rejimda Apple qurilmalarida dastaklanadigan barcha tillarda foydalanish mumkin.

Matnni aytib kiritish uchun tugmasini bosing. Matn ovoz bilan kiritilganida til avtomatik aniqlanmaydi, uni qo‘lda tanlash zarur.

Bundan tashqari, Siri ovozli yordamchisi uchun tezkor buyruqlardan foydalanishingiz mumkin.

Matnni aytib kiritish uchun tugmasini bosing. Matn ovoz bilan kiritilganida til avtomatik aniqlanmaydi, uni qo‘lda tanlash zarur. Tarjima soat ekranida chiqadi.

Sharh

Apple Watch qurilmasidagi tarjimonda ovozli xabar tili iOS tizimidagi qurilmangizga sozlangan interfeys tili bilan bir xil bo‘lishi lozim.


Kiritilgan matnni oʻchirish uchun matn kiritish maydonchasini chap tomonga silkiting yoki birlamchi matnning oʻng tomonida joylashgan xoch tugmasini bosing.

Avvalgi tarjimangizga qaytish uchun matn kiritish maydonchasini oʻngga silkiting. Tarix termasida barcha tarjimalaringizni koʻrib chiqishingiz mumkin.

1 — Tarjimadan nusxa olish. Tarjima matnini bosing. Matndan nusxa olindi xabari qalqib chiquvchi oynada chiqadi.

2 — Matnni ovoz chiqarib o‘qish. Ovoz chiqarib o‘qish tezligini o‘zgartirish uchun yana tugmasini bosing.

3 — Tarjimani saqlash. Matn Saralanganlar termasiga avtomatik kiritiladi.

4 — Tarjimadagi xato haqida xabar berish. Tarjima yoki lugʻat maqolasining bir qismi sariq rang bilan belgilanadi, xatolik aniqlangan qism ustiga bosing. Paydo boʻlgan oynada xato mazmunini tavsiflang va Yuborish tugmasini bosing.

Muammolarni hal qilish

Agar matnda turli tillardagi soʻzlar uchrasa, tarjima xato hisoblanadi

Birlamchi matnni oʻz ichiga olgan boʻlimda til nomiga bosing va Tilni aniqlash funksiyasini faolsizlantiring.

Ovoz chiqarib oʻqish ishlamayapti
  • Ehtimol, ilovada ovozli funksiyalar ( belgisi) va ovozli kiritish ( belgisi) uchun nomuvofiq kiritish yoki tarjima tili oʻrnatilgan. Tanlangan tillarni tekshiring.

  • Ehtimol, siz kiritgan matn boʻsh joylar, tinish belgilari, havolalar yoki pochta manzillaridan iborat. Ovoz chiqarib oʻqish funksiyasi ishlashi uchun soʻzlarni, raqamlarni yoki harflarni kiriting.

Ovozli kiritish ishlamayapti

iOS uchun ovozli kiritishdan faqat onlayn rejimda foydalanish mumkin.

Tezkor tarjima ishlamayapti

Ilova muallifi boshqa ilovalar yordamida matnni oʻqish va tahrirlashga ruxsat bermasa, ushbu variantdan foydalanish imkonsiz.

Yordam xizmatiga yozish