Beta-sinovlar
Yandex Metro jamoasi doimiy ravishda dasturni yaxshilash ustida ishlamoqda. Bu ishda unga boshqalardan oldin yangi funksiyalarni sinab koʻradigan va oʻz taassurotlarini ulashadigan foydalanuvchilar salmoqli yordam berishmoqda. Beta-sinovda istalgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.
Beta-sinov nima?
Odatda beta-versiyada ommaviy ilovaning barcha xususiyatlari mavjud boʻladi, shuningdek, u bir qator yangi xususiyatlarni oʻz ichiga oladi.
Joriy versiyada mavjud barcha funksiyalar va yangi xususiyatlar ilova sinovga yuborilishidan oldin tekshiriladi. Shunga qaramay, kamchilik yoki xatoliklarni aniqlash ehtimoli qolaveradi. Yandex Metro bunday xatoliklar haqida yuborilgan xabarlarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Istalgan vaqtda beta-sinov dasturidan chiqib, ilovaning ayni paytdagi ommaviy versiyasiga qaytish mumkin.
Beta-sinovda ishtirok etish
Qanday qilib beta-sinov ishtirokchisiga aylanish mumkin?
-
Avval App Storedan TestFlight ilovasini oʻrnating (bu Apple sinov dasturi).
-
Bu havolani bosing
Agar bu vaqtda Yandex Metro ilovasining beta-versiyasi mavjud boʻlsa, uni oʻrnatishingiz mumkin. Agar beta-versiya mavjud boʻlmasa, u platformaga yuklanganda push xabarnomani olasiz.
-
Yandex Metro ilovasining beta-versiyasini sinash ishlarida qatnashish uchun, TestFlight oʻrnatilgandan keyin iPhone yoki iPad qurilmasida aks etgan havolani bosing.
-
Ilovadan foydalaning va yangi xususiyatlarni sinab koʻring (ularning roʻyxati TestFlight ilovasidagi beta-versiya tavsifida keltirilgan).
Aniqlangan xatoliklar va taassurotlaringiz haqida TestFlight ilovasidagi Send Feedback tugmasi orqali yoki Yandex Metro (Sozlamalar → Ilova haqida → Aloqa) orqali xabar berishingiz mumkin.
Beta-sinovni qanday rad etish mumkin?
-
Yandex Metro ilovasining oʻrnatilgan beta-versiyasini oʻchirib tashlang va App Storedan ommaviy versiyani yuklab oling.
-
TestFlight ilovasiga kiring, Yandex Metroni tanlab, Unsubscribe tugmasini bosing.
Beta-sinov dasturidan chiqasiz va shundan keyin yangi beta-versiyalarning chiqishi haqida hech qanday xabar olmaysiz.
Qanday qilib beta-sinov ishtirokchisiga aylanish mumkin?
Buni ikki xil usul bilan amalga oshirish mumkin:
-
Bu havolani bosing va Sinovda qatnashish tugmasini bosing.
-
Yandex Metro ilovasining Google Playdagi sahifasiga kiring. Sahifaning pastki qismida joylashgan “Beta-sinovda qatnashish” blokida Ishtirok etish tugmasini bosing.
Biroz vaqtdan keyin (bir necha daqiqadan bir necha soatgacha) hozirgi beta-versiyani Google Playdan yuklab olishingiz mumkin boʻladi.
Ilovadan foydalaning va yangi funksiyalarni sinab koʻring (ularning roʻyxati Google Playdagi beta-versiya tavsifida keltirilgan).
Aniqlangan xatoliklar haqida Google Play yoki Yandex Metro ilovasi (Sozlamalar → Ilova haqida → Aloqa) orqali beta versiyasiga doir sharhni yuborish orqali xabar berishingiz mumkin.
Beta-sinovni qanday rad etish mumkin?
-
Yandex Metro ilovasining Google Playdagi sahifasiga kiring. Sahifaning pastki qismida joylashganDasturdan chiqish tugmasini bosing.
-
Yandex Metro ilovasining oʻrnatilgan beta-versiyasini oʻchirib tashlang va Google Playdan ommaviy versiyani yuklab oling.