Yoʻl chiptalari (toʻlov va balansni oʻqish)

Yoʻl haqini toʻlash

Ilovaning joriy versiyasida faqat Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi yoʻl kartalariga pul toʻlash mumkin.

Yoʻl kartalariga pul toʻlash uchun:

  1. Sozlamalar tugmasini bosing.

  2. Yʻol uchun toʻlov maydonchasida kerakli qatorni bosing, zarur kartani (Moskvada Troyka yoki Strelka, Sankt-Peterburgda Podorojnik) tanlang.

    Sharh

    Kartani toʻldirishdan avval oldinroq toʻlangan chiptalarni faollashtirish talab etiladi. Agar toʻlangan, ammo hali faollashtirilmagan chiptalar boʻlsa, karta balansini toʻldirish imkonsiz.

  3. Ochilgan sahifada karta raqamini va kiritiladigan pul miqdorini (bank kartasi yoki YooMoney) koʻrsating.

  4. Toʻlash tugmasini bosing. Koʻrsatilgan miqdor kartaga oʻtkaziladi.

    Sharh

    Kartani toʻldirishda toʻlangan safarlarni faollashtiring (kartaga yozing). Buning uchun metroning ichida yoʻl chiptalarini xarid qilish va ularning balansini toʻldirishga moʻljallangan uskunani toping va uning ekranida Masofadan toʻldirish variantini tanlang.

    Kartani uskunaning terminaliga qoʻying va safar qayd etilgunga qadar uni olib tashlamang.

    Amaliyot tugagach, ekranda toʻldirish hisobga olingan karta balansi chiqadi.

Balansni oʻqish

Bu funksiyadan faqat Android OT va NFC aloqasiga ega smartfonlarda foydalanish mumkin; bundan tashqari, “Troyka” kartasini oʻqish uchun Mifare Classic standarti ham ishlashi lozim.

Ilova chipta balansini oʻqishi mumkin:

  • Bir martalik

  • 90 daqiqa

  • TAT

  • Troyka (hamyon + qayd etilgan chiptalar: bir martalik, 90 daqiqa, TAT)

Balansni tekshirish uchun:

  1. qurilma sozlamalarida NFC funksiyasini yoqing;

  2. kartani qurilmaning orqa qopqogʻiga ulang va natijani kuting.

Yordam xizmatiga