Marshrutni tuzish
Marshrut
Marshrutni ikki xil usul bilan tuzish mumkin:
-
“Qayerdan” va “Qayerga” maydonchalarini toʻldiring
Dastlabki va oxirgi bekatlarni belgilang.
Qayerdan yoki Qayerga maydonchasiga bossangiz, oxirgi marshrutlardan, saralanganlardan, joylashuvingizga yaqin koʻp ishlatiladigan bekatlardan bekatlarni tanlash taklif etiladi.
Bekat nomini kiritishni boshlang va kaskad roʻyxatda kiritilgan harflar kombinatsiyasiga mos bekatlar chiqadi.
-
Sxemada dastlabki va oxirgi bekatni tanlash
Sxemada dastlabki va oxirgi bekatlar nomiga bosing.
Agar Sozlamalar → Bekatlar bandini bosib tanlash:
- parametri faolsizlatirilgan boʻlsa, bekat nomini bosilgandan keyin Shu yerdan va Shu yerga tugmalari chiqadi. Avval bekat nomiga, shundan keyin esa ushbu kerakli tugmalarga bosing.
-
- parametri yoqilgan boʻlsa, bekat sxemada uning nomiga bosilgan zahoti “Qayerdan” yoki “Qayerga” maydonchasiga kiritiladi.
Marshrut variantlari
Marshrutning eng tezkor varianti ekranning pastki qismidagi marshrut sxemasida va kartasida aks etadi.
Marshrutlarning muqobil variantlarini (koʻp almashinuvlar yoki uzoqroq vaqtni talab qiladi) marshrut kartasini chapga siljitish orqali koʻrish mumkin. Sxemada kartaga mos keladigan marshrut aks etadi.
Safar vaqti va vagonlar
Safar haqidagi batafsil axborot bilan tanishish uchun marshrut kartasini bosing:
Safar vaqti
Marshrutning taxminiy davomiyligi bekatlar oʻrtasidagi safarlar va liniyalar orasidagi almashinuvlar vaqtini oʻz ichiga oladi. Dastlabki va yakuniy bekatlarda eskalatorda tushish va chiqish vaqti hisobga olinmaydi.
Kelish vaqti
Foydalanuvchi boradigan bekat platformasiga kelishi zarur boʻlgan vaqt.
Bu marshrutning taxminiy davomiyligidan kelib chiqib, ketish vaqtidan boshlab hisoblanadi.
Bekatlar, almashinuvlar va qulay vagonlar
Sxemadagi poyezd oʻngdan chapga qaratilgan. Almashinuvga ketadigan vaqtni qisqartirish uchun tanlanadigan qulay vagonlar rang bilan ajratilgan.
Chiqishlar va xaritani chiqarish
Bekat nomi
yonida joylashgan tugmani bossangiz, bekat kartasi: atrof xaritasi, chiqishlar, yoʻl yopilishlari va ish vaqtiga oid axborotlar ochiladi.