Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiylik siyosati (bundan buyon Siyosat) “YANDEX” MChJ va / yoki uning afillangan shaxslari, filiallari, shu jumladan “YANDEX” MChJ bilan bitta guruhga kiruvchi barcha shaxslar (bundan buyon Yandex) Foydalanuvchi haqida, u Yandex saytlari, servislari, dasturlari, mahsulotlari yoki xizmatlaridan (bundan keyin Servislar, Yandex servislari) foydalangan paytda va Yandex tomonidan Foydalanuvchi bilan tuzilgan har qanday shartnoma va bitimlarning bajarilishida olishi mumkin bo‘lgan barcha ma'lumotlarga nisbatan amal qiladi. Foydalanuvchining sanab o‘tilgan shaxslardan biri bilan munosabatlari doirasida ifoda qilgan Siyosatga roziligi sanab o‘tilgan shaxslarning qolganlariga nisbatan ham qo'llaniladi.

Yandex servislaridan foydalanish - foydalanuvchining bu Siyosatga va unda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish shartlariga so'zsiz roziligini bildiradi; Ushbu shartlarga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servislardan foydalanmasligi kerak.

1. Foydalanuvchilarning Yandex tomonidan ishlov beriladigan shaxsiy ma’lumotlari

1.1. Ushbu Siyosat doirasida "foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari" quyidagi ma'nolarni anglatadi:

1.1.1. Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tishda(qayd yozuvini yaratishda) yoki Servislardan foydalanish jarayonida mustaqil ravishda o‘zi haqida taqdim etadigan ma'lumotlar, shu jumladan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari. Servislarga taqdim etilishi majburiy bo‘lgan axborot maxsus tarzda belgilab qo‘yiladi. Boshqa ma'lumotlar foydalanuvchi tomonidan o'z ixtiyori bilan taqdim etiladi

1.1.2. Foydalanuvchining qurilmasiga o'rnatilgan dasturiy ta'minot yordamida ulardan foydalanish jarayonida avtomatik ravishda Yandex Servislari uzatiladigan ma'lumotlar, shu jumladan IP-manzil, cookie fayllarining ma'lumotlari, foydalanuvchining brauzeri (yoki Servislarga kirishga yordam beradigan boshqa dastur) haqida axborot, foydalanuvchi tomonidan ishlatiladigan uskuna va dasturiy ta'minotning texnik tavsifi, Servislarga kirish sanasi va vaqti, so‘ralgan sahifalarning manzili va boshqa shunga o'xshash ma'lumotlar.

1.1.3. Foydalanuvchi to'g'risidagi Yandexning alohida Servislaridan foydalanish shartlarida ishlov berilishi nazarda tutilgan boshqa ma'lumotlar.

1.2. Ushbu Siyosat faqat Yandex Servislaridan foydalanish paytida ishlov beriladigan ma'lumotlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Yandex uchinchi taraflarning Foydalanuvchining Yandex saytlarida mavjud bo'lgan havolalar orqali o‘tishi, shu jumladan qidiruv natijalarida ham chiqishi mumkin bo‘lgan saytlari tomonidan axborotning ishlov berilishini nazorat qilmaydi va buning uchun javobgar bo‘lmaydi.

1.3. Yandex Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarning haqiqiyligini tekshirmaydi va uning muomala layoqatini baholash imkoniyatiga ega emas. Biroq Yandex Foydalanuvchining ishonchli va yetarli shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etayotganidan kelib chiqadi va bu axborotni aktual holatda saqlab turadi. Ishonchsiz yoki yetarli emas axborotni taqdim etish oqibatlari Yandex servislarining Foydalanuvchi shartnomasida belgilangan (https://yandex.ru/legal/rules).

2. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish maqsadlari

2.1. Yandex faqat Servislarni taqdim etish yoki Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlarni bajarish uchun zarur bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarni to'playdi va saqlaydi, qonun hujjatlarida shaxsiy ma'lumotlarni qonunda belgilangan ma’lum bir muddat mobaynida majburiy saqlash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

2.2. Yandex Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga quyidagi maqsadlarda ishlov beradi:

2.2.1. Yandex bilan Servislar, shartnomalar va bitimlar doirasida tarafni aynanlash;

2.2.2. Foydalanuvchiga personallashtirilgan Servislarni taqdim etish va shartnomalar hamda bitimlarni bajarish;

2.2.3. Foydalanuvchilar bilan aloqa qilish, shu jumladan, Servislardan foydalanish, shartnomalar va bitimlarning bajarilishi, shuningdek Foydalanuvchi so'rovlari va arizalarini ko'rib chiqish haqida bildirishnomalar, so'rovlar va ma'lumotlar yuborish;

2.2.4. Servislarning sifatini, ulardan foydalanish qulayligini yaxshilash, yangi Servislarni ishlab chiqish;

2.2.5. Reklama materiallarini targetlash;

2.2.6. O‘ziga xos xususiyatlari o‘zgartirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish

3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash shartlari va uning uchinchi shaxslarga o'tkazilishi

3.1. Yandex foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini muayyan servislarning ichki reglamentlariga muvofiq saqlaydi.

3.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan, uning maxfiyligi, Foydalanuvchining o'zi to'g'risidagi ma'lumotlarni cheklanmagan shaxslar doirasiga umumiy foydalanish huquqi bilan ixtiyoriy ravishda taqdim etish hollari bundan mustasno. Alohida Servislardan foydalanilganda, Foydalanuvchi uning shaxsiy ma'lumotlarining ma'lum bir qismini hammabop bo‘lib qolishini qabul qiladi.

3.3. Yandex quyidagi hollarda Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega:

3.3.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga roziligini bildirsa;

3.3.2. Bunday berish Foydalanuvchi muayyan Servisdan foydalana olishi yoki Foydalanuvchi bilan muayyan bitim yoki shartnomaning bajarilishi uchun zarur bo‘lsa;

3.3.3. Foydalanuvchi “Yandex.Dengi” (ADRR: 1127711000031) MChJ NTT kompaniyasining xizmatlaridan va xizmatlaridan foydalanganda, foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari “Yandex.Dengi” MChJ NTT ga “Yandex.Dengi” (https://money.yandex.ru/doc.xml?id=522764), servisidan foydalanish to'g'risidagi Shartnomada va “Yandex.Dengi” MChJ NTT Maxfiylik siyosatida (https://money.yandex.ru/doc.xml?id=525698) belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun taqdim etilishi mumkin;

3.3.4. Foydalanuvchi “Yandex.Vertikali” (ADRR: 5157746192742) MChJ kompaniyasining servislari va xizmatlaridan foydalanganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari “Yandex. Vertikali” MChJ ga “Yandex.Avto” (https://www.yandex.ru/legal/auto_termsofuse), “Yandex.Jobs” (https://www.yandex.ru/legal/job_termsofuse), “Yandex. Realty” (https://www.yandex.ru/legal/realty_termsofuse), “Yandex. Sayohatlar” (https://www.yandex.ru/legal/travel_termsofuse) servislaridan foydalanish Shartlarida belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun taqdim etilishi mumkin;

3.3.5. Foydalanuvchi “Yandex.Taxi” (ADRR: 5157746192731) MChJ kompaniyasining servislari va xizmatlaridan foydalanganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari “Yandex. Taxi” MChJ ga “Yandex.Taxi” (https://yandex.ru/legal/taxi_termsofuse) servisidan foydalanish Shartlarida belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun taqdim etilishi mumkin;

3.3.6. Foydalanuvchi “Yandex.Market” (ADRR: 1167746491395) MChJ kompaniyasining servislari va xizmatlaridan foydalanganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari “Yandex. Market” MChJ ga “Yandex.Market” (https://yandex.ru/legal/market_termsofuse) servisidan foydalanish Qoidalarida belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun taqdim etilishi mumkin;

3.3.7. Foydalanuvchi “Yandex Bulut Texnologiyalari” (ADRR: 1167746432040) MChJ kompaniyasining servislari va xizmatlaridan foydalanganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari “Yandex. Bulut Texnologiyalari” MChJ ga taqdim etilishi mumkin;

3.3.8. Foydalanuvchi “Yandex.Drive” (ADRR: 5177746277385) MChJ kompaniyasining servislari va xizmatlaridan foydalanganda, Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari “Yandex.Drive” MChJ ga “Yandex.Drive” (https://yandex.ru/legal/drive_termsofuse) servisidan foydalanish Shartlarida belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun taqdim etilishi mumkin;

3.3.9. Taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan taomil doirada Rossiya rus yoki boshqa amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan;

3.3.10. Bunday taqdim etish biznesni sotish yoki boshqacha tarzda topshirish (to'liq yoki qisman) doirasida yuz beradi, bundan sotib oluvchiga u olgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan ushbu Siyosatning shartlariga rioya qilish bo'yicha barcha majburiyatlar o‘tadi;

3.3.11. Foydalanuvchi Yandex servislarining foydalanuvchi shartnomasini (https://yandex.ru/legal/rules), ushbu Siyosat yoki aniq Servislardan foydalanish shartlarini o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni buzgan hollarda Yandex yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta'minlash maqsadida.

3.3.12. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga ularning o‘ziga xos xususiyatlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishlov berish natijasida o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgartirilgan statistik ma’lumotlar olinadi, ular Yandex topshirig‘i bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish uchun uchinchi shaxsga beriladi.

3.4. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berishda Yandex Rossiya Federatsiyasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" Federal qonuniga amal qiladi.

4. Shaxsiy ma'lumotni o'zgartirish va o'chirish. Ma'lumotlarni majburiy saqlash

4.1. Foydalanuvchi o‘zi taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlarni yoki ularning bir qismini "Pasport" bo'limida (https://passport.yandex.com/passport?mode=changereg) yoki tegishli Servisning personal qismida tahrir qilish funksiyasidan foydalangan holda istalgan paytda o'zgartirishi (yangilash, to‘ldirishi) mumkin.

4.2. Shuningdek, foydalanuvchi "Pasport" bo'limida (https://passport.yandex.com/passport?mode=delete) bo'limida "Akkautni o'chirish" funksiyasidan foydalangan holda ma'lum bir qayd yozuvi doirasida o'zi taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlarni o'chirib tashlashi mumkin. Bunda, akkauntni o'chirish, muayyan Yandex Servislaridan foydalanishning imkonsiz bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.

4.3. Ushbu Siyosatning 4.1. va 4.2. bandlarida nazarda tutilgan huquqlar qonun talablariga muvofiq cheklanishi mumkin. Xususan, bunday cheklashlar Yandexning qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida Foydalanuvchi tomonidan o'zgartirilgan yoki yo'q qilingan ma'lumotlarni saqlash va bunday ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organiga berish majburiyatini nazarda tutishi mumkin

5. Shaxsiy ma'lumotlarga cookie fayllari va hisoblagichlardan foydalangan holda ishlov berish

5.1. Yandex tomonidan Foydalanuvchining uskunasiga va Foydalanuvchi uskunasi tomonidan Yandexga uzatiladigan cookie fayllari, Yandex tomonidan Foydalanuvchiga personallashtirilgan Servislarni taqdim etish, Foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan reklamani targetlash,statistika va tadqiqot maqsadlari uchun, shuningdek Yandex Servislarini yaxshilash uchun foydalanilishi mumkin.

5.2. Foydalanuvchi internet tarmog‘idagi saytlarga tashrif buyurish uchun u foydalanadigan uskuna va dasturiy ta’minot cookie fayllari bilan operatsiyalarni (istalgan saytlar yoki muayyan saytlar uchun) taqiqlash, shuningdek ilgari olingan cookie fayllarini o‘chirish funksiyasiga ega bo‘lishi mumkinligini tushunadi.

5.3. Yandex ma'lum bir Servisni taqdim etish faqat Foydalanuvchi cookie fayllarini qabul qilish va olish uchun ruxsat berganda mumkin bo‘lishini belgilab qo‘yishga haqli.

5.4. Cookie faylining tuzilishi, uning mazmuni va texnik parametrlari Yandex tomonidan belgilanadi va Foydalanuvchiga oldindan xabar bermasdan o‘zgartirilishi mumkin.

5.5. Yandex tomonidan Servislarda joylashtirilgan hisoblagichlar Foydalanuvchining cookie fayllarini tahlil qilish, Servislardan foydalanganlik to‘g‘risida statistik axborotni to‘plash va ularga ishlov berish, shuningdek Servislarning umuman olganda va xususan ularning alohida funksiyalarining ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun foydalanilishi mumkin. Hisbolagichlar ishining texnik parametrlari Yandex tomonidan belgilanadi va Foydalanuvchiga oldindan xabar bermasdan o‘zgartirilishi mumkin.

6. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish uchun qo'llaniladigan chora-tadbirlar

6.1. Yandex Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy yoki tasodifan bilib olish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxa ko‘chirish, tarqatish, shuningdek uchinchi shaxslarning ular bilan boshqa qonunga xilof harakatlaridan himoya qilish uchun zarur va yetarli tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ko‘radi.

7. Maxfiylik siyosatini o‘zgartirish. Amaldagi qonun hujjatlari

7.1. Yandex ushbu Maxfiylik siyosatini o'zgartirishga haqli. O'zgartirishlar kiritilganda, amaldagi tahrirda oxirgi yangilanish sanasi ko'rsatiladi. Siyosatning yangi tahriri, agar Siyosatning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, uni joylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Haqiqiy tahrirni doimo https://yandex.ru/legal/confidential sahifasida ko‘rish mumkin.

7.2. Ushbu Siyosatga va Maxfiylik Siyosatining qo‘llanilishi bilan bog‘liq ravishda Foydalanuvchi bilan Yandex orasidagi munosabatlarga nisbatan Rossiya federatsiyasining qonunlari qo‘llanilishi lozim.

8. Teskari aloqa. Savollar va takliflar

8.1. Ushbu Siyosatga taalluqli barcha takliflar yoki savollarni Foydalanuvchi Yandex foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash Xizmatiga (https://yandex.ru/support/common/troubleshooting/main.html) yoki 119021, Moskva, Lev Tolstoy ko‘ch, 16, “YANDEX” MChJ manzili bo‘yicha yuborishi mumkin.

 

Chop etilgan sana: 04.04.2018.